Сайтка кириу

Shahar haqida

NUKUS SHAHRI HAQIDA MA’LUMOT

Nukus shahri 1932 yil 1 apreldan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasining poytaxti bo’lib belgilangan. Nukus shahri Respublikaning iqtisodiy, siesiy va madaniy markazidir. Shaharning geografik o’rnashgan joyi O’zbekistonning shimoliy-g’arbiy tomonida, Qoraqalpog’iston Respublikasining markazida joylashgan. Shaharning sharqiy tomonida Qizilqum cho’listonligi mavjud. Shu jumladan, shaharning iqlimi kontinental bo’lib, yozi qurg’oq, issiq va qishi sovuq bo’lib keladi.

Shaharning yer maydoni 221 kv. km, aholisi soni 336,5 ming kishini tashkil etadi. Shaharda 58 ta mahalla mavjud.

Shahar hududidan temir yo’l, avtotransport yo’llari o’tgan bo’lib, bu yo’llar orqali Qozog’iston Respublikasi bilan aloqa bog’langan.

Nukus shaxrida yirik imoratlar va me’moriy obidalar qad ko’targan. Jumladan. Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti, Berdax muzeyi, O’quvchilar va sport saroylari, Nukus Aeroporti, Temir yo’l vokzali, «Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat muzeyi», «Toshkent» mehmonxonasi imoratlari, «Istiqlol» bolalar dam olish markazi va hokazo.

Shaharda 44 ta umumta’lim maktab, 5 ta maktab-internati Korakalpok Davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent Davlat Agrar universitetining Nukus filiali, Toshkent Davlat Pediatriya institutining Nukus filiali, Muhammad al-Xorezmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalar universitetining Nukus filiali, Toshkent Davlat san’at institutining Nukus filiali, 26 ta o’rta maxsus o’quv yurtlari (akademik litsey va kasb-xunar kollejlari), 48 ta maktabgacha ta’lim muassasalar faoliyat ko’rsatmokda.